Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta yana videoselektor o‘tkazadi. Sababi ma’lum

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta yana videoselektor o‘tkazadi. Sababi ma’lum

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi.

So‘zining avvalida u OAV vakillarini 3-may Jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabrikladi. 

Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbari faoliyatini yoritish uchun jalb qilingan davlat va nodavlat OAV vakillari ishtirokidagi rolik namoyish qilindi. Ular Prezident Pulida ishlash asnosida o‘zlari kuzatgan vaziyatlarga qisqa munosabatlarini bildirishgan. 

Brifingda Sherzod Asadov davlat rahbarining o‘tgan hafta ish jadvalidagi muhim voqealarga qo‘shimcha izohlar berdi.

Kelayotgan haftada davlat rahbari ishtirokida kutilayotgan  tadbirlar: 

- Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkaziladi. Davlat organlari rahbarlari va hokimlarning hisoboti eshitiladi. 

- Chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilishlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasi texnikasi korxonalarini transformasiya qilish bo‘yicha taqdimotlar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:05 03.05.2021. O'qildi: 4947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!