“Tibbiyotdagi keng ko‘lamli islohotlarimiz, birlamchi bo‘g‘inda profilaktikaning kuchaytirilishi kasalliklarni davolash bilan birga uning oldini olishga qaratilgan preparatlarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda”, — dedi davlat rahbari.
Shu bois mutasaddilar oldiga joriy yilda sohaga kamida 1 milliard dollar investisiya jalb qilish, sifatni oshirish va xorijiy yetakchi farmasevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, 2030 yilga qadar ichki iste’molda mahalliy dori vositalari ulushini 70 foizga yetkazish, kelgusi besh yil ichida eksport hajmini 1 milliard dollarga olib chiqish maqsad qilingani ta’kidlandi.
Bu masalalar yuzasidan 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchi, 50 dan ziyod importchi, qariyb 300 ta ulgurji va chakana savdo korxonalari hamda investorlar bilan muhokamalar o‘tkazilib, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida yirik qaror loyihasi tayyorlangan.
Shu bilan birga, hokimlarda hududlardagi farmasevtika korxonalari bilan ishlash va ular ko‘targan muammolarga yechim topish bo‘yicha samarali tizim mavjud emasligi tanqid qilindi.