Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Deputat – bu xalq xizmatchisi"

Shavkat Mirziyoyev: "Deputat – bu xalq xizmatchisi"

O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti a’zosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.

Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va e’tiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos mas’uliyat.

“Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir.

Oila, mahalla va butun jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini qat’iy himoya qilishda xalqimiz, barchamiz avvalo sizlarga tayanamiz.

Men Prezident sifatida sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Ishonchim komil, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, sidqidildan mehnat qilib, jonajon Vatanimizni albatta tom ma’noda erkin, obod va farovon mamlakatga aylantiramiz”,
- dedi Prezident nutqining yakunida.

Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!