Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi. Xabarni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov tasdiqladi.
Bu masala O‘zbekiston yetakchisining Rossiya Federal majlisi federasiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida ko‘rib chiqilgan, deydi u.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasidagi nutqida G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan «Evroosiyo» guruhining bayonotini qo‘llab-quvvatlagani qayd etildi.