"Aftidan, shatdaunni tugatishga juda yaqinmiz. Biz hech qachon mamlakatimizga kelayotgan mahbuslar yoki noqonuniy muhojirlarga katta mablag‘lar, hatto umuman pul ajratishga rozi bo‘lmaymiz. O‘ylaymanki, demokratlar buni tushunishgan. Shatdaun yaqinda tugaydi, siz buni tez orada bilib olasiz", — dedi Donald Tramp.
Avvalroq AQSh Senati shatdaun to‘xtatishga imkon beruvchi qonun uchun ovoz bergani xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, 100 nafar senatordan 60 nafari bu qonunni ma’qullagan. Demokratlar hukumatni 2026 yil 30 yanvargacha moliyalashtirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar paketini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lgan
"Ovoz berish jarayoni Demokratlar partiyasining sakkiz nafar markazchi senatori respublikachilar yetakchilari va Oq uy bilan kelishuvga erishganidan keyin bo‘lib o‘tdi. Kelishuvga ko‘ra, hukumat ishini qayta tiklash evaziga arzon tibbiy sug‘urta (Obamacare) dasturi bo‘yicha kengaytirilgan subsidiyalarni uzaytirish masalasi keyinchalik ovozga qo‘yiladi", deya xabar bermoqda CNN.
Endi bu kelishuvni Kongress Vakillar palatasi tasdiqlashi kerak, shundan so‘ng hujjat imzolaah uchun prezident Donald Trampga yuboriladi.