Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) AQShda hukumatning qisman yopilishi 2025 yilning to‘rtinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, deb hisobladi.
Bu haqda XVJ matbuot kotibi Juli Kozak jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
"Shatdaunga kelsak, biz kutamizki, shu sababli 2025 yilning to‘rtinchi choragida AQSh iqtisodiy o‘sishi biz o‘ylagandan kamroq bo‘ladi. To‘rtinchi chorakga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu YAIMda qisqarish bo‘ladi degani emas. Biz 2026 yilning birinchi choragida biroz o‘sish bo‘lishini kutmoqdamiz”, - dedi Kozak.
XVJ vakilining ta’kidlashicha, "AQSh iqtisodiyoti so‘nggi bir necha yil ichida barqarorlikni namoyish etdi". "Biz hozir keskinlik kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Ichki talab pasayib, bandlik o‘sishi sekinlashmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u. "Immigrasiya oqimining sekinlashishi, tariflar va kelajakdagi siyosatga nisbatan kengroq noaniqliklarning kombinasiyasi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda".
Kozakning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda inflyasiyaning ko‘tarilishi xavfi ko‘p jihatdan tariflar bilan bog‘liq.
12 noyabr oqshomida AQSh prezidenti Donald Tramp federal hukumatni moliyalashtirishni 2026 yil 30 yanvargacha uzaytirish haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu AQSh tarixidagi rekord darajadagi yopilishning 43-kunidir.