O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “2025-yil I yarim yilligi uchun moliyaviy barqarorlik sharhi”ni e’lon qildi. Sharxda moliyaviy sharoitlar, moliyaviy va nomoliyaviy sektorlar tahlil qilingan, xatarlar baholangan, bank tizimi bardoshliligi stress-testdan o‘tkazilgan hamda makroprudensial siyosat yo‘nalishi keltirilgan.
Global noaniqliklarga qaramasdan, O‘zbekistonda moliyaviy barqarorlik saqlandi. Makromoliyaviy sharoitlar yengillashib, bank tizimi barqaror darajada qoldi.
II. Global muhit: moliyaviy sharoitlarning yengillashishi va noaniqliklar
Jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlarini ma’lum darajada saqlab qolmoqda, inflyasiya esa pasayishda davom etmoqda.
Global moliyaviy sharoitlar yengillashdi. Asosiy tashqi xavotirlar savdo siyosati bilan bog‘liq. Bunda, savdo tariflarining tiklanishi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● Xalqaro bozorlarda foiz stavkalari pasaymoqda;
● Savdo siyosati noaniqliklari saqlanib qolmoqda;
● Rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy valyuta mustahkamlanmoqda;
● Jahon fond bozorlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
III. Milliy iqtisodiyot: kutilmalar barqarorlashmoqda
Mamlakatda moliyaviy sharoitlar yengillashmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti ichki talabning ortishi va sof eksport manfiy saldosining qisqarishi hisobiga barqaror o‘sishni namoyon etmoqda.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● YAIM o‘sishi: 7,2%,
● Inflyasiya: 8,7%,
● Savdo balansi manfiy saldosining qisqarishi: 20%,
● Milliy valyuta kursining yil boshiga nisbatan mustahkamlanishi: 2,1%.
IV. Bank tizimi: barqarorlik va bardoshlilik
Bank tizimida stress darajasi pasaydi, likvidlik holati yaxshilangan va kapital mosligi minimal talablardan yuqori shakllangan.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● Jami regulyativ kapitalning moslik koeffisiyenti: 17,4%,
● I darajali asosiy kapital moslik koeffisiyenti: 14,6%,
● Muammoli kreditlarning jami kreditlar tarkibidagi ulushi: 3,8%,
● Likvidlikni qoplash koeffisiyenti (LCR): 195%,
● Barqaror moliyalashtirish koeffisiyenti (NSFR): 117%,
● Kapital rentabelligi (ROE): 10,8%,
● Aktivlar rentabelligi (ROA): 2%,
● Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati: 18%,
● Tavakkalchilikka tortiladigan aktivlar zichligi: 94%.
V. Xo‘jalik yurituvchi shaxslar: ijobiy tendensiyalar va ehtiyotkorlik
Jismoniy shaxslarga kredit ajratish ko‘lami oshishiga qaramasdan, to‘lov intizomi saqlanmoqda. Aholi daromadlari oshdi va qarz yuki darajasi pasaydi.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● Aholi qarz yuki pasayishi: 36% dan 33% ga,
● Bank kreditlari mavjud jismoniy shaxslar sonining o‘sishi: yillik 15%,
● Mikrokarzlar bo‘yicha muammoli kreditlar ulushi: 4,4%.
VI. Korporativ sektor: ijobiy o‘zgarishlar
Korporativ sektorda xavotirlar biroz pasaydi. Tahlil qilingan yirik korxonalarning likvidlik va rentabellik ko‘rsatkichlari, shuningdek leveraj koeffisiyenti yaxshilandi.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● Korporativ kreditlar qoldig‘ining YAIMga nisbati: 24%,
● Xorijiy valyutadagi korporativ kreditlar ulushi: 63%,
● Korporativ kreditlar qoldig‘ining o‘sishi: 14%.
VII. Ko‘chmas mulk bozori: uy-joy narxlaridagi tuzatishlar
Uy-joylarning fundamental qiymati va bozor narxi orasidagi tafovut qisqardi. Ko‘chmas mulk bozorida taklifning sezilarli ortishi va spekulyativ talabning kamayishi narxlardagi tuzatishlarga ta’sir qiluvchi omillardan bo‘ldi.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar:
● Bozor va o‘rtacha fundamental narxlar orasidagi tafovut: 17% dan 4% gacha qisqardi,
● Bozor narxining yillik o‘sishi: -4%,
● Ijara haqlarining o‘sishi: 12%,
● Oldi-sotdi shartnomalar sonining o‘sishi: 11%,
● Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmining o‘sishi: 18%.
VIII. Makro stress-test natijalari
To‘lov qobiliyati makro stress-test natijalariga ko‘ra, asosiy ssenariyda bank tizimi bo‘yicha kapital moslik koeffisiyentlari o‘sishi, xatarli ssenariyda esa minimal talablardan pasayishi mumkin. Likvidlik makro stress-testi natijalari esa bank tizimida likvidlik barqarorligini namoyon etdi.
Asosiy ssenariyda:
● Jami regulyativ kapital moslik koeffisiyenti: 19,3%,
● Leveraj koeffisiyenti: 13,2%,
● Milliy valyutadagi jami aktivlarga nisbatan sof pul kirimi: 20%,
● Xorijiy valyutadagi jami aktivlarga nisbatan sof pul kirimi: 21%.
Xatarli ssenariyda:
● Jami regulyativ kapital moslik koeffisiyenti: 8,4%,
● Leveraj koeffisiyenti: 5,3%,
● Milliy valyutadagi jami aktivlarga nisbatan sof pul kirimi: 9%,
● Xorijiy valyutadagi jami aktivlarga nisbatan sof pul kirimi: 14%.
IX. Makroprudensial siyosat: kapital vositalari va barqarorlik
Mamlakat bank tizimi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan likvidlik va qarzdorlarga yo‘naltirilgan makroprudensial siyosat vositalari doimiy takomillashtirib borilmoqda.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davriy tizimli xatarlarning salbiy ta’sirini kamaytirish va banklarning to‘lov qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiluvchi makroprudensial kapital vositalari ahamiyati oshib bormoqda. Shu munosabat bilan, banklar kapitali mosligiga qo‘yiladigan talablar takomillashtirilib, kapital buferlari amaliyotga joriy qilinmoqda.
X. Xulosa: moliyaviy barqarorlik va moslashuvchanlik muvozanati
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston moliya tizimida barqarorlik kuzatilmoqda va yangi chaqiriqlarga tez moslasha olmoqda.
Moliyaviy barqarorlikning asosiy ustunlari:
● Samarali makroprudensial siyosat;
● Bozor ishtirokchilarining mas’uliyatli xulq-atvori;
● Ochiq kommunikasiyalar.
2025 yil ikkinchi yarim yilligi mamlakat moliya tizimi uchun barqaror o‘sish, xatarlarning nazorat ostida bo‘lishi va aholi hamda investorlar ishonchi mustahkamlanishi bilan boshlanmoqda.