Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Shahrisabz shahrida yashirin ravishda istemolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi

Shahrisabz shahrida yashirin ravishda istemolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. “Qushxona” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlab kelganligi aniqlanib, undan 1 717 dona qo‘lbola alkogol mahsulotlari, 25 litr etil spirti, 240 dona bo‘sh shisha idishlar, 3 600 dona yelim qopqoqlar, 3 100 dona qopqoq qadoqlari va 6 400 dona qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:22 22.07.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!