Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Q. “DAMAS” rusumli avtotransport vositasida 408 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari va qadoqlash uchun mo‘ljallangan 2 000 dona yelim qopqoqlarni sotish maqsadida "Yangi Kesh" dehqon bozoriga olib kelgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.