Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifa yuklatildi

Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifa yuklatildi

Har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.

Bunda:

➖ oliygoh, kollej va texnikum talabalari o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

➖ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlar har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori 1-o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Kiritildi: 03:05 12.09.2024. O'qildi: 29070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!