Pokiston armiyasining harbiy qudrati, jasorati va ishonchi dushmanni tiz cho‘ktirdi.
Bu haqda Pokiston bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharif mamlakat mustaqilligining 78 yilligi munosabati bilan o‘z nutqida aytib o‘tdi.
"Biz xalq sifatida o‘tgan yillar davomida ko‘plab murakkab sinovlarga duch keldik, lekin barcha sohalarda salmoqli muvaffaqiyat va yutuqlarga erisha oldik”, dedi Bosh vazir.
Hindiston bilan keskinlashuv chog‘ida erishilgan g‘alaba milliy ma’naviyat yuksalishi natijasi ekanini ta’kidladi.
"Armiyamizning harbiy qudrati, mardligi va ishonchi dushmanni tiz cho‘ktirdi. Ozodligimiz yo‘lida jon fido qilgan shahidlarimizni hurmat bilan yodga olamiz, ruhlari shod bo‘lishini tilaymiz", – deydi Shahboz Sharif.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston mintaqaviy va global muammolarni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal etish tarafdori, bunga qarshi Hindiston ham barcha kelishmovchiliklarni, jumladan Jammu va Kashmir masalasini hal etishda bir xil iroda ko‘rsatishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Pokiston 14 avgust kuni Mustaqillik kunini nishonlaydi.