Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-960-son, 10.09.2024 y.) bilan Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 11:40 11.09.2024. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!