Rossiya armiyasini kengaytirish tahdidlarni bartaraf etish uchun zarur edi, deydi Kreml.
Kremlning aytishicha, prezident Vladimir Putinning Rossiya armiyasini dunyodagi ikkinchi yirik armiyaga aylantirish rejasi Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida ortib borayotgan tahdidlar hamda sharqdagi beqarorlikni bartaraf etish uchun zarur.
Putin dushanba kuni Rossiya armiyasining muntazam sonini 180 ming askarga oshirib, 1,5 million faol harbiy xizmatchiga yetkazishni buyurdi.
Bunday harakat uni Xitoydan keyin dunyodagi ikkinchi eng katta armiyaga aylantiradi.
«Bu bizning chegaralarimiz bo‘ylab mamlakatimiz uchun mavjud bo‘lgan tahdidlar soni bilan bog‘liq», dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga konferensiya chog‘ida.
"Bunga g‘arbiy chegaralarimizdagi o‘ta dushmanona muhit va sharqiy chegaralarimizdagi beqarorlik sabab bo‘lmoqda. Bu tegishli choralar ko‘rishni talab qiladi”, dedi u.