Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) gaz konida 17-centyabr kuni tushdan keyin yana vodorod sulfidi gazi sizib chiqishi holati qayd etildi.
Bu haqda 18-centyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ma’lum qildi.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayevga ko‘ra, hodisa oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar ham bor. Hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.