Ukraina rekonstruksiya va infratuzilmani rivojlantirish davlat agentligi sobiq raisi Mustafo Nayemga pora berishga urinishda ayblanayotgan Oliy Rada deputati Andrey Odarchenko xorijga qochib ketdi. Bu haqda Ukraina antikorrupsiya markazi saytida aytilgan.
«Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura prokurori Odarchenko ishi bo‘yicha yig‘ilishda deputat Ukrainani tark etganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan prokuror garov pulini undirish va deputatni xalqaro qidiruvga berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi», — deyiladi nashrda.