Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sezilgan inflyasiya oshgan: kambag‘allar va pensionerlar yuqori inflyasiya sezishmoqda

Sezilgan inflyasiya oshgan: kambag‘allar va pensionerlar yuqori inflyasiya sezishmoqda



O‘zbekistonda rasmiylar 0,1% deflyasiya qayd etishgan iyul oyida sezilgan inflyasiya 10,3%gacha (+0,1%) ko‘tarilgan.

Davlat rahbari ko‘p bora ta’kidlaganidek, inflyasiya — kambag‘alga solingan soliq. Afsuski, oxirgi oylardagi inflyasiya zarbasini aynan ijtimoiy qatlamlar qabul qilmoqda. Iyul oyida eng yuqori inflyasiya pensionerlar tomonidan — 11,8% darajasida qabul qilingan. Bu rasmiy inflyasiyadan 5,4 foiz bandga baland. Daromad guruhlarida kambag‘allar — 2 mln.so‘mgacha daromad egalari (9,6%) va daromadsizlarning (10,8%) sezgan inflyasiyasi keskin oshgan.

Hududlar orasida eng baland - rasmiy inflyasiyadan deyarli 2 karra yuqori sezilgan inflyasiya — Andijon viloyatida (12,6%) kuzatilgan.

Oy davomida yuqori darajada qimmatlagan mahsulotlar dinamikasini spekulyativ ravishda oshayotgan benzin va yoqilg‘i belgilagan (sezilma ulushi birdan +8 foiz bandiga ko‘tarilgan). Shuningdek, go‘sht va sut, qurilish mollari, yo‘lkira va tashish xizmatlari, o‘simlik yog‘i, tibbiy xizmatlarda, meva-sabzavotlar, dorilar, guruch, kafe va restoran xizmatlari, kiyim va poyafzal, tuxum, non va un, ta’lim xizmatlari va maishiy xizmatlar yuqori darajada qimmatladi deb hisoblovchilar ulushi oshgan. Xullas, rasmiy statistikadan farqli ravishda sezilmalarda qimmatlamagan narsaning o‘zi qolmagan.

Kiritildi: 17:04 19.09.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!