Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani aytilmoqda. Telekanal mas’uli javobgarlikka tortilishi mumkin

«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani aytilmoqda. Telekanal mas’uli javobgarlikka tortilishi mumkin

So‘nggi vaqtlarda estrada xonandalarining ijod namunalaridan tortib tadbirkorlarning mahsulotlarini huquqbuzarlardan himoya qilishda sezilarli immunitet shakllanayotganini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda aytish kerak, Intellektual mulk agentligi tomonidan respublikamizdagi barcha telekanallarning ma’muriyatiga mualliflik huquqlariga qat’iy amal qilish kerakligi, bunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda ularga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik holatlari yuzaga kelishi haqida ogohlantirish berilgan.

Intellektual mulk agentligi xodimi Dilfuza Ismoilovaning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, agentlikka “SH.M.M” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Sevimli telekanalida “Nomus kuchi” nomli badiiy filmdan muallifning roziligisiz hamda tegishli shartnoma rasmiylashtirilmagan holda foydalanganlik holati bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi. Ushbu murojaat Agentlik tomonidan o‘rganib chiqilib, aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha Jinoyat sudiga bayonnoma kiritildi. Shundan so‘ng Ma’muriy javobgarlikka tortish va yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha masalalar sud tomonidan hal etiladi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 1 iyulda “Nomus kuchi” nomli badiiy filmining muallifi badiiy filmdan foydalanish bo‘yicha mutlaq mulkiy huquqni “SH.M.M” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o‘tkazib bergan. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra audiovizual asarlar mualliflik huquqi ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Vaholangki, “Nomus kuchi” badiiy filmi 2020 yil 13 noyabrda efirga uzatilgan bo‘lib, ushbu davrda huquq egasi bilan audiovizual asardan foydalanish bo‘yicha rozilik olinmagan va hech qanday shartnoma rasmiylashtirilmagan.

Shu o‘rinda, agar sizning o‘z ijod namunangizga oid kino asarlar, ko‘rsatuvlar sizning ruxsatingizsiz hech qanday shartnoma rasmiylashtirilmagan yoki asaringiz butunligi buzilgan (ayrim qismlari olib tashlangan) holda telekanallar orqali ommaga namoyish etilgan taqdirda Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishingizni va  huquqlaringizni o‘z vaqtida tiklashingizni eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: 10:10 12.02.2021. O'qildi: 7309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!