Afsonaviy ispan futbolchisi Serxio Ramos Five Eleven Capital bilan birgalikda Sevilla FK egasi bo‘lishni niyat qilgan.
Bu haqda Carrusel Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya jamoasini 450 million yevroga sotib olmoqda. Ramos va uning advokatlari hozirda klubning moliyaviy hisobotlarini ko‘rib chiqmoqdalar. Bu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.
So‘nggi yillardagi yomon natijalar aksiyadorlarni "Sevilya"ni sotishga majbur qilgani da’vo qilinmoqda. Ramos ilgari "Sevilya" klubida 2003-2005 yillarda o‘ynagan va 2023/24 mavsumida o‘ynadi.
39 yoshli futbolchining so‘nggi klubi Meksikaning "Monterrey" klubi bo‘lib, u shu yilning dekabr oyi boshida uni tark etgan edi. Ramos professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.