Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi, hozirda Meksikaning "Monterrey" klubida to‘p tepayotgan Serxio Ramos bu yil "Oltin to‘p"ni kimga topshirishi haqida gapirdi.
"Men bu sovrinni har doim Kilian Mbappega bergan bo‘lardim. U o‘tgan mavsumda ajoyib natijalar ko‘rsatdi. Mbappe ko‘p gol urdi, "Oltin butsa"ni oldi, ammo "Real" titullarni qo‘lga kirita olmadi. Ammo mukofotni kim olishiga hech qachon to‘liq ishonib bo‘lmaydi," - deya Ramosning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
O‘tgan mavsumda Kilian 56 ta o‘yin o‘tkazdi. 26 yoshli fransiyalik hujumchi o‘z hisobiga 43 ta gol va beshta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.