Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Sertifikatlangan urug‘lik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-to‘qimachilik klasterlari va xususiy urug‘chilik korxonalariga o‘tkaziladi

A A A
Sertifikatlangan urug‘lik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-to‘qimachilik klasterlari va xususiy urug‘chilik korxonalariga o‘tkaziladi

“Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-391-son, 15.12.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarning 10 foizigacha joylashtirishga ruxsat beriladi.

Hududlarda har 2 yilda ekilayotgan navni to‘la almashtirish, har yili tegishli nav urug‘ini boshqa hududlardan olib kelish orqali urug‘ almashtirish va yillik qo‘shimcha urug‘ zaxirasini yaratish bilan kelgusida bosqichma-bosqich “tindirilgan urug‘” ekish amaliyoti joriy qilinadi.

Shuningdek, 2024 yildan:

paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijdan keltirilgan g‘o‘za urug‘larining genetik tozaligini molekulyar-genetik tahlil qilish bo‘yicha mahalliy vakolatli laboratoriyalar xulosasi olinadi hamda barcha import qilinadigan g‘o‘za urug‘larining ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari baholanadi;

paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijdan olib kelingan g‘o‘za navlari va duragaylari 2 yillik yetishtirish natijalariga ko‘ra ko‘rsatilgan talablarga mos kelgan hollarda O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestriga kiritiladi.

G‘o‘za urug‘chiligida erkin raqobat muhitini shakllantirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha:

paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-to‘qimachilik klasterlari va xususiy urug‘chilik korxonalariga o‘tkaziladi;

2024 yil hosili uchun urug‘lik chigitni Paxtachilik kengashining xulosasiga asosan qo‘shimcha tarzda xususiy urug‘chilik korxonalari tomonidan yetkazib berish amaliyoti joriy etiladi;

xalqaro standartlarga muvofiq akkreditasiyadan o‘tish sharti bilan xususiy sertifikasiya idoralarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

2024 yil paxta hosilidan har bir hududda kamida 500 gektar maydonda yuqori agrotexnologiyalarga asoslangan tajriba maydonlarini tashkil qilib, paxta yetishtiruvchilar uchun amaliy dala seminarlari o‘tkazib boriladi.

2024 yil paxta yetishtirish mavsumi oxirigacha Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “e-urug‘” platformasi ishga tushiriladi.

Kiritildi: 11:37 18.12.2023. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!