Sudan Misrdan norozi. Bunga sabab Misrning ba’zi telekanallarida namoyish etilgan bir serialda Sudanning yomonotliq qilib ko‘rsatilganidir.
Sudan Tashqi Ishlar Vazirining kotibi Gariballah al-Hodir bu haqda shunday deydi: “Misrning ba’zi telekanallarida namoyish etilayotgan “Abu Umar al-Misriyya” nomli serialda Sudanga kelgan misrliklar haqida yomon imij shakllangan va terrorchi tamg‘asi urilgan”.
Bundan tashqari, serialning ba’zi sahnalarida Sudanning ramzlaridan foydalanilgan, ammo buning uchun rasmiy idoralardan ruxsat olinmagan.