Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sergey Shoygu: «Ukrain rejimi anchadan buyon va’da qilingan yurishni boshladi»

Sergey Shoygu: «Ukrain rejimi anchadan buyon va’da qilingan yurishni boshladi»

Rossiya mudofaa vaziri «uch kundan buyon» hujumlar amalga oshirilayotganini aytgan: 4-iyun kuni — besh yo‘nalishda, 5-iyun kuni — yetti yo‘nalishda. Shoygu «dushman muvaffaqiyatga erisha olmagani» yo‘qotishlarga uchraganini qo‘shimcha qilgan.

Shoygu to‘qqiz oy ichida ilk bor Rossiya armiyasi yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining hujumlarini qaytarishda rossiyalik 71 harbiy halok bo‘lib, 210 nafari yaralangan.

Rossiya tomoni o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida so‘nggi marta 2022-yil 21-sentyabrida ma’lumot bergandi. O‘sha vaqtda, RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukrainaga bosqin boshidan buyon 5937 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani tasdiqlangandi. Shuningdek, Rossiyaning 15 tanki, to‘qqizta zirhli mashinasi, ikki avtomobili va to‘qqiz quroli zarbaga uchrab safdan chiqqan.

Kiritildi: 23:06 06.06.2023. O'qildi: 3470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!