Markaziy Osiyo xalqaro institutining sahifasida ma’lum qilinishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 11 aprel kuni Olmaotada Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston TIV rahbarlari bilan sakkizinchi uchrashuvda qatnashadi.
Rossiya TIV rasmiy vakili ma’lum qilishicha, uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashiladi.