Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berildi.
28-iyun kuni soat 21:29 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan “Meros” to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 21:37 da yetib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxona ichidagi barcha fuqarolar evakuasiya qilingan va yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Vaziyat to‘liq Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratida.