Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Sergelida yo‘l 20 kunga yopiladi

Sergelida yo‘l 20 kunga yopiladi

10 sentyabrdan 30 sentyabrgacha Sergeli tumanidagi Qumarik ko‘chasida harakat vaqtincha to‘xtaydi. Bu qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 1000 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanishi bilan bog‘liq.

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

«Veolia Energy Tashkent» ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 10–30 sentyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari sababli vaqtincha yopiladi.

Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlarida harakat yo‘nalishi o‘zgaradi:

✅61-yo‘nalish – A.S. Banokati, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;

✅106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;

✅40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokati ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;

✅66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokati ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;

✅52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.

Yo‘lovchilardan vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olib, safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Kiritildi: 22:56 09.09.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!