Ma’muriyatning ta’kidlashicha, bozor hududida modernizasiya va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, bu esa uni buzish bilan bog‘liq emas.
Ma’muriyat ma’lumotiga ko‘ra, bozor hududida olib borilayotgan ishlar buzish emas, balki modernizasiya va obodonlashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Hokimlik vakillari bozor faoliyati davom etayotganini, hududdagi o‘zgarishlar esa savdo infratuzilmasini yaxshilash, qulayliklar yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilganini ta’kidladi.
Shuningdek, rasmiylar aholidan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan xabarlarga tayanishni so‘radi.