Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni bo‘ldi

A A A
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni bo‘ldi

Qo‘shni Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni unvonini oldi, deya xabar beradi davlat axborot agentligi.

Unvon parlamentning tegishli qarori bilan berilgan. Unda Turkmaniston rahbarining Turkmaniston milliy mustaqilligi va betarafligi tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, davlat va jamiyat oldidagi beqiyos xizmatlari, innovasion tashabbuslari haqida qayd etilgan”, deyiladi agentlik xabarida.

Ushbu mukofot Turkmanistonda eng yuqori darajali bo‘lib, davlat va xalqi oldidagi alohida xizmatlari uchun fuqarolarga beriladi.

Ma’lumot uchun, Berdimuhamedov 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonganidan so‘ng Turkmaniston prezidenti lavozimini egallagan edi. Bungacha esa uning otasi Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbari bo‘lgan.

Kiritildi: 10:09 25.09.2023. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!