Serbiya Yagona yevro to‘lov hududiga (SEPA) a’zo bo‘ldi, bu Bolqon respublikasining Yevropa kursiga sodiqligini tasdiqlaydi.
Bu haqda Serbiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Sinisha Mali ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.
"Serbiya Respublikasi rasman Yagona yevro to‘lovlar hududi geografik hududining bir qismiga aylandi, bu mamlakatimizning moliyaviy va Yevropa integrasiyasi jarayonidagi muhim bosqichni anglatadi. SEPA standartlarini Serbiyada amaliy qo‘llash 2026 yilning may oyida boshlanishi kutilmoqda", — deyiladi nashrda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SEPAga qo‘shilish tufayli mamlakat fuqarolari SEPAga a’zo davlatlar, xususan, Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlari bilan yevroda to‘lov operasiyalarini ancha tez, samaraliroq va arzonroq amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
"Ushbu yutuq Serbiyaning to‘lov operasiyalari sohasidagi barcha tegishli YEI qoidalariga rioya qilishini rasman tasdiqlaydi va bizning Yevropa yo‘nalishiga sodiqligimizni yanada mustahkamlaydi. Bu qadam Yevropa Ittifoqining G‘arbiy Bolqon mamlakatlari uchun iqtisodiy o‘sish rejasining bir qismi bo‘lib, uning maqsadi YEI bilan iqtisodiy yaqinlashuvni jadallashtirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdir", - deya ta’kidladi vazir.