Mamlakat Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, mashg‘ulotlar joriy yilning 23 mayigacha davom etadi. Unda Serbiya, Italiya, Ruminiya va Turkiyadan jami 600 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, jarayonni Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bir qancha davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari kuzatib bormoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari mamlakat janubidagi Buyanovas shahri yaqinida joylashgan “Borovas” poligonida o‘tkazilmoqda. Ular taktik xarakterga ega bo‘lib, asosiy maqsad tajriba almashishdir.
Vazirlik, shuningdek, ushbu manyovrlar Serbiya va NATO o‘rtasidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasidagi o‘zaro manfaatli, aniq va shaffof hamkorlikning davomi ekanini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, alyans mamlakatning harbiy betarafligini hurmat qilishi ta’kidlandi.