Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Serbiya prezidenti Putin bilan 2,5 yil ichidagi ilk suhbati haqida gapirdi

Serbiya prezidenti Putin bilan 2,5 yil ichidagi ilk suhbati haqida gapirdi

Serbiya prezidenti Putin bilan 2,5 yil ichidagi ilk suhbati haqida gapirdi.

Aleksandr Vuchich Vladimir Putin bilan “yaxshi, ochiq, uzoq va mazmunli suhbat o‘tkazganini” aytdi. Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, ular “muhim ikki tomonlama masalalar, jumladan, iqtisodiy sohalar bo‘yicha” fikr almashgan. Suhbat Belgrad ozod qilinganining 80 yilligi munosabati bilan bo‘lgan.

Kreml prezidentlar Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilganini, Putin esa “maxsus harbiy operasiyaning borishini baholaganini qayd etdi.

Bungacha Putin va Vuchich 2022 yil 29 may kuni telefon orqali gaplashgan. Rossiya va Serbiya prezidentlarining so‘nggi shaxsiy uchrashuvi 2021 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgandi.

Kiritildi: 10:10 21.10.2024. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!