Serbiya parlamenti yig‘ilishida tartibsizliklar yuz berdi. Muxolifat deputatlari majlisni buzishga harakat qildi. Ular parlament kun tartibining qabul qilinishiga norozilik sifatida parlament spikeri Ana Brnabich tomon yo‘l olishdi, biroq xavfsizlik xodimlari ularga yaqinlashishga ruxsat bermadi.
Birozdan keyin tartibsizliklar avj oldi, muxolifat vakillari petardalar, tutunli shashkalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishdi.
Brnabichning aytishicha, deputatlardan biriga petarda tegishi oqibatida jabrlangan, uni shifoxonaga olib ketishgan.