Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Serbiya Mudofaa vazirligi NATO davlatlari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar haqida ma’lum qildi

Serbiya Mudofaa vazirligi NATO davlatlari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar haqida ma’lum qildi

Serbiya o‘z tarixida ilk bor NATO bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, manevrlarda Serbiya, Italiya, Ruminiya va Turkiyadan 600 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonini AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyadan kelgan kuzatuvchilar kuzatib bormoqda.

Mashg‘ulotlar Serbiya janubidagi Buyanovas shahri yaqinida bo‘lib o‘tmoqda. Taktik xarakterga ega bo‘lgan ushbu mashqlar 23 mayga qadar davom etadi. Ularning asosiy maqsadi — o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!