Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Serbiya hamon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni o‘z maqsadi deb biladi

Serbiya hamon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni o‘z maqsadi deb biladi

Serbiya hamon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni o‘z maqsadi deb biladi va a’zolikni tezlashtirmoqchi ekanini Vuchich ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqidagi vaziyat <...> unchalik yaxshi emas, buning sababi Moskvaga qilgan tashrifim deb o‘ylayman, biroq <...> Yevropa bizning rivojlanishimizni tushunish bilan qabul qilishiga ishonaman,"
deya Serbiya prezidenti Yevrokengash raisi Antoniu Koshta bilan uchrashuvdan so‘ng ta’kidladi.

Koshta aytishicha, u Yevropa Ittifoqiga a’zolik Serbiya uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini "eshitganidan mamnun". Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgrad bunga erishish uchun OAV erkinligi, korrupsiyaga qarshi kurash va saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim.

"A’zolik jarayoni ishonchni shakllantirishga asoslangan. Ko‘pchilik bu jarayonga ishonchini yo‘qotganini bilaman, lekin shaxsan sizni ishontirib aytmoqchimanki, Serbiyaning kelajagi Yevropa Ittifoqida. Endi navbat sizniki," deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 20:57 13.05.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!