Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Serbiya YEI uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqishi mumkin

Serbiya YEI uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqishi mumkin

Serbiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Nemanya Starovich ta’kidlashicha, agar Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish aniq istiqbol sifatida taklif etilsa, Belgrad Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda bu qadam Serbiya iqtisodiyotiga ziyon yetkazar edi, ammo Moskvaga katta ta’sir qilmasdi. U Xorvatiya pandemiya davrida YEIdan 22 mlrd yevro olganini, Serbiya esa bor-yo‘g‘i 165 mln yevro bilan cheklanganini misol sifatida keltirdi.

Starovich Serbiya urush boshidanoq Rossiya harakatlarini qoralaganini, Ukraina esa qanday yordam olganini o‘zi ayta olishini bildirdi.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Serbiya uchinchi davlatlar orqali Ukrainaga 800 mln yevroga teng qurol yetkazgan. Prezident Vuchich buni tasdiqladi va bunga “iqtisodiy tiklanish” deb baho berdi.

Rossiya esa Serbiyani yashirincha qurol yetkazayotganlikda ayblab, bunga “orqadan zarba” deb baho berdi. Vuchich esa bevosita yetkazib berish taqiqlanganini, faqat vositachilar orqali amalga oshirilishini bildirdi.

Kiritildi: 15:23 26.07.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!