Serbiyadagi noroziliklar yaqin kunlarda yanada radikallashishi mumkin.
Bu haqda Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin ma’lum qildi.
"Avvalo, namoyishchilarning aksariyati Serbiyani sevuvchi vatanparvarlar ekanligini ta’kidlamoqchiman. Lekin ularni boshqarayotganlar G‘arb nazorati ostida. Yaqin kunlarda namoyishlar yanada radikal bo‘lishini kutaman", - deydi u.
Shu bilan birga, Respublika Bosh vazirining o‘rinbosari Serbiya xavfsizlik kuchlari “mamlakatni himoya qilish uchun yetarli darajada kuchli” ekanligini ta’kidladi.
“Yangi hukumat tuzilgach, vaziyat to‘liq nazoratga olinishini ham kutaman”, — dedi u.