Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sentyabr oyining oxirida O‘zbekistonda qor yog‘adi

Sentyabr oyining oxirida O‘zbekistonda qor yog‘adi

26-27 sentyabrda mamlakat shimoliga Qozog‘iston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antitsiklon tarmog‘i kira boshlaydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyati va cho‘l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me’yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi.

Bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha bulutlilik ortadi, mamlakatning tekislik hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

29-30 sentyabrda baland tog‘li tumanlarda yomg‘irning qorga o‘tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o‘tishi natijasida 28 sentyabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo‘yicha harorat foni o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga past bo‘ladi.

Kiritildi: 16:01 26.09.2020. O'qildi: 10231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!