Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Senimi, shoshmay tur” multfilmining yangi seriyalari suratga olinadi

“Senimi, shoshmay tur” multfilmining yangi seriyalari suratga olinadi

Bundan naq 50 yil avval “Soyuzmultfilm” ijodkorlari Yangi yilda odamlarni xursand qilish uchun “Senimi, shoshmay tur!” multfilmini ilk bora ekranda namoyish qilishgan.

1969 yili ekranga chiqqan multfilmni haligacha yosh bolalardan tortib kattalar ham miriqib tomosha qilishadi. Chunki undagi yaratuvchanlik, voqealar ketma-ketligi, voqeaga mos qilib topib qo‘yilgan qo‘shiqlar odamlarni ekranga mixlab qo‘yadi. Mazkur seriyali multfilm rossiyalik mashhur rejissyorlar Vyacheslav Kotyonochkin, Vladimir Tarasov va Aleksey Kotyonochkinlar tomonidan yaratilgan.

Multfilmning 16-qismigacha bo‘riga Anatoliy Papanov, quyonga Klara Rumyanova ovoz berishgan. Keyinchalik Klara Rumyanova vafot etgach ovozlashtirish ishlari boshqa mahoratli aktyorlar bilan birga amalga oshirilgan.

1969 yildan to 2012 yilgacha multfilmning 25 ta qismi suratga olingandi. 2012 yilda to‘satdan Butunrossiya davlat televizion va radioeshittirishlar kompaniyasi (VGTRK) multfilmni faqat tunggi soatlarda efirga uzatilishini ma’lum qildi.

Oradan 43 yil o‘tgach, “Bo‘ri”ning qiliqlari ahloq me’yorlariga zid, multfilmning o‘zi esa bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha federal qonun talablariga mos kelmaydi, deb topilgan.

O‘tgan yili 15 noyabrda berilgan ma’lumotlarga qaraganda esa multserialning 50 yilligi munosabati bilan yana 26 ta qism suratga olinadi. Bu haqda “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi boshqaruvi raisi Yuliana Slasheva Sankt-Peterburgda o‘tgan madaniyat forumida ma’lum qilgandi.

Demak, endi sevimli multfilmimizning davomini ham ko‘rishimiz mumkin.

 

Kiritildi: 18:40 05.01.2020. O'qildi: 5599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!