Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Senator Farrux Dadaxo‘jayev: «Har bitta patrul posti — kriminalning uyasi»

A A A
Senator Farrux Dadaxo‘jayev: «Har bitta patrul posti — kriminalning uyasi»

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, senator Farrux Dadaxo‘jayev qo‘mitaning 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida yo‘llardagi patrul postlari faoliyati yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

Senator katta yo‘llar bo‘yidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi haqida gapirdi. Uning aytishicha, yo‘l bo‘ylarida «Stop» belgisini qo‘yishda noqonuniyliklar kuzatilmoqda.

«Belgini faqatgina favqulodda vaziyatlarda qo‘yish kerak. Kunduzi hamma belgilarni olib tashlaydi. Keyin kechqurun yana qayta qo‘yib olyapti. Har bitta patrul posti kriminalning uyasi. «Stop» belgilarini «karmanniy» qilib olishgan. Bayram oldi profilaktika ishlari uchun qo‘yganmiz, deyishadi. Bayram uchun belgi bir oy oldin qo‘yilmaydi. Qonuniy tartibda tashkil etilgan postlarning har birida fotonazorat, talab etiladigan kuzatuv moslamalari bo‘lishi shart», deya Farrux Dadaxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qo‘mita raisi, ayniqsa, Farg‘ona Toshkent oralig‘i yo‘l belgilari va postlarini qat’iy nazoratga olish lozimligini ta’kidladi.

Bundan avvalroq viloyatlardagi ayrim yo‘l patrul-postlar faoliyati qayta tiklangan, IIV bu vaqtinchalikka ekanini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 19:05 13.12.2019. O'qildi: 2997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!