AQSh senatori Berni Sanders Vashington Isroilga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamni darhol to‘xtatishi kerakligini bildirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Sandersning ta’kidlashicha, 2023 yil oktyabridan buyon Isroil qo‘shinlari G‘arbiy sohilda 1000 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan. U Isroil har kuni hujumlar uyushtirayotganini, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning ittifoqchilari esa “kүch bilan anneksiya qilish” siyosatini olib borayotganini qayd etdi.
«AQSh ularga bunday yo‘l tutish imkonini berdi. Isroilga harbiy yordamni to‘xtatish payti keldi», — deb yozdi senator.
2023 yil oktyabrdan buyon G‘azodagi urush fonida G‘arbiy sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga nisbatan hibsga olishlar, harbiy reydlar va zo‘ravonliklar keskin oshgan.
Falastin Ozodlik Tashkilotining (FOT) Axlat devori va mustamlakachilar manzilgohlariga qarshi kurash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida Isroil armiyasi va ko‘chmanchilar hujumlari natijasida 1080 falastinlik halok bo‘lgan, 11 mingga yaqini yaralangan.