Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Senator Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi

A A A
Senator Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.

Madaniyat va turizm vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Baxtiyor Sayfullayev 1951 yilning 1 aprelida Toshkent shahrida tavallud topgan, 1972 yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati instituti tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1972 yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori va rejissyori sifatida boshlagan Baxtiyor Sayfullayev keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyat olib borgan.

Baxtiyor Sayfullayev o‘zbek milliy san’ati rivojlantirishga katta hissa qo‘shib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi” unvoni bilan taqdirlangan.

Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Kiritildi: 10:35 14.02.2023. O'qildi: 3168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!