Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tartibga solish maqsadida mazkur sohani lisenziya asosida amalga oshirish, ushbu o‘yinlarda ishtirok yetishi taqiqlangan fuqarolar toifalarini belgilash, o‘yinlarga qaram bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini yuritish, bukmekerlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari kabi qoidalar ko‘zda tutilmoqda.
Qonunda internet jahon axborot tarmog‘idagi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning huquqiy jihatdan tartibga solish, o‘yinlarga haddan tashqari qaramligi qayd yetiladigan fuqarolarning o‘yinlardagi ishtirokini cheklash mexanizmlarini joriy yetish hamda bu borada xorijiy va noqonuniy servislardan foydalanishni cheklashga qaratilgan huquqiy normalarning belgilanayotgani alohida e’tirof etildi.