Senat yalpi majlisida “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.
Qonun avvalgi majlislardan birida rad etilgan, qayta ishlab chiqilib, yana Senatga kiritildi.
Senat raisi o‘z sahifasida qonunning qabul qilinishi nafaqat tabiat, balki iqtisodiyot uchun ham yangi bosqich ekanini ta’kidladi.
Qonun orqali:
• Issiqxona gazlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi,
• Uglerod birliklari muomalasi yo‘lga qo‘yiladi,
• Hisobot va verifikasiya tizimi joriy etiladi.
Eng muhimi — O‘zbekiston Parij bitimi doirasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishda jiddiy harakatga o‘tdi.