Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sednayadagi qo‘zg‘olonni bostirgan: Suriyaning sobiq ichki ishlar vaziri hokimiyatga taslim bo‘ldi

Sednayadagi qo‘zg‘olonni bostirgan: Suriyaning sobiq ichki ishlar vaziri hokimiyatga taslim bo‘ldi

Suriyaning sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad al-Shaar yangi hukumatga taslim bo‘ldi. IIVning sobiq rahbari kuch tuzilmalari bilan o‘z ixtiyori bilan aloqaga chiqqani haqida "Al-Arabiya" xabar bermoqda.

Muhammad al-Shaar 2011 yildan 2018 yilgacha ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Undan oldin harbiy polisiyaga rahbarlik qilgan. "Al-Arabiya" ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq vazir 2008 yilda Sednaya qamoqxonasidagi isyonni bostirishda qatnashgan, bu jarayonda ochiq manbalarga ko‘ra 20 dan ortiq mahbus o‘ldirilgan. 2011 yil o‘rtalaridan beri al-Shaar G‘arb sanksiyalari ostida qolmoqda. Suriya Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari telekanalga vazir sifatida faoliyat yuritgan davrida qonunni buzmaganini ta’kidladi.

Bundan oldin Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Atif Najib Suriya o‘tish davri hukumatiga taslim bo‘lgandi. 2011 yilda Najib Suriyadagi "Arab bahori" markazlaridan biri bo‘lgan Der’ada xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagan edi.

Kiritildi: 21:25 04.02.2025. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!