Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investisiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi

A A A
Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investisiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi

Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investisiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamg‘armasidan qoplash tartibi joriy qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektr yig‘ilishda xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi – yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshirishi ta’kidlandi.

Misol uchun, bugungi kunda Xorazmda turistlarning qolish muddati – o‘rtacha 2 kun, sarflaydigan mablag‘i – 220 dollar. Xorijiy turistlar Buxoro, Samarqandga qaraganda Xorazmda 2,5 baravar kam. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish va 400-500 dollar xarajat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki, o‘tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xo‘jayli, Payariq, Nurota tumanlari va Angren shahri samarali foydalangan.

Na temir yo‘li bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha o‘zgarish bo‘lib, sharoiti ancha yaxshi bo‘lgan Kogon, Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Parkent, Bog‘ot tumanlari bu imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.

Kiritildi: 17:09 29.03.2023. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!