AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp dam olish kunlari Parijga ilk xorijiy safarini amalga oshirish rejasini ma’lum qildi, deb xabar beradi NBC News.
“Shanba kuni Fransiyaning Parij shahriga besh yil avval sodir bo‘lgan dahshatli yong‘indan so‘ng to‘liq qayta qurilgan muhtasham va tarixiy Notr-Dam soborining qayta ochilish marosimida qatnashish men uchun katta sharaf”, — deb yozadi Donald Tramp. «Truth Social» postida.
Tarixiy sobor 2019 yilning aprel oyida yong‘in natijasida vayron bo‘lgan va shundan beri rekonstruksiya qilinmoqda. Qayta tiklash ishlari yana ko‘p yillar davom etsa-da, Notr Dam 7 dekabr kuni tashrif buyuruvchilarni kutib olishi rejalashtirilgan.