Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sayfullo Soipov sudda: «Nega Amerika tufayli o‘layotgan minglab musulmonlar uchun javobgarlarni sud qilmaysiz?»

Sayfullo Soipov sudda: «Nega Amerika tufayli o‘layotgan minglab musulmonlar uchun javobgarlarni sud qilmaysiz?»

2017 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov Nyu-Yorkda odamlar ustiga yuk mashinasini haydab, sakkiz kishining umriga zomin bo‘lgandi. O‘zini ISHID jangarisi deb atagan Soipovning ishi 18 noyabr kuni yana bir bor Nyu-York janubiy okrugi sudida ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi New York Post.

Ta’kidlanishicha, sud ishida Soipovning qilgan jinoyati uchun beriladigan jazo bo‘yicha qaror qabul qiluvchi sud maslahatchilari hay’atiga oid masalalar ko‘rib chiqilgan. Nyu-York prokurorlari Soipov uchun o‘lim jazosini so‘radi.

Manxetten federal prokurori Metyu Laroshning so‘zlariga ko‘ra, hukumat sud maslahatchilarini 3000 nafar nomzod ichidan tanlab olishni rejalashtirmoqda. Sud qarshisida so‘nggi eshituv 2020 yilning 13 aprelidan boshlanishi kerak.

Shu bilan birga, ushbu sud majlisida Soipov okrug sudyasini tan olmasligini bildirib, unga bu kabi qaror qabul qilish huquqi berilmaganini aytgan. «… Men hayot baxsh etgan Allohning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish tutdim», — degan Soipov.

Shundan so‘ng, Soipov sudya Vernon Broderikni savolga tutgan: «Siz meni o‘lgan sakkiz kishi uchun sud qilmoqdasiz. Nega Amerika bombalari ostida minglab musulmon ayol va bolalarning o‘lishiga javobgar bo‘lganlarni sud qilmaysiz?».

«Bilaman siz mening mavqeyimni tan olmaysiz, lekin hozir siz bayonot berishingiz kerak bo‘lgan vaqt ham, joy ham emas», — deya sudya Broderik Soipovning gapini bo‘lib tashlagan.

Sudning keyingi yig‘ilishi 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:42 19.11.2019. O'qildi: 4228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!