Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

SAXALning G‘azo shimolidagi Bayt-Laxiyaga zarbasi oqibatida 87 kishi halok bo‘ldi

SAXALning G‘azo shimolidagi Bayt-Laxiyaga zarbasi oqibatida 87 kishi halok bo‘ldi

G‘azo Cog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, zarba natijasida kamida 40 kishi yaralangan, ko‘plab jabrlanuvchilar hamon xarobalar ostida va tez yordam brigadalari yetib bora olmaydigan joylarda.

Bu zarba Isroil qo‘shini Bayt-Laxiyadagi Indoneziya shifoxonasini o‘qqa tutgani haqidagi xabardan bir necha soat o‘tib yo‘llangan. Isroil mudofaa armiyasi BBC muxbiriga “HAMAS ob’ekti”ga zarba bergani va “tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgani”ni bildirgan.

Isroil G‘azo shimoliga yangi harbiy yurishini oktyabr oyi boshida boshlagan, HAMAS mazkur hududda qayta guruhlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mazkur amaliyot vazifasi sifatida belgilangan.

SAXAL yirik qochqinlar joylashgan Jabaliya shahrini qurshab olib, o‘qqa tutmoqda — juma kuni bu hudud o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:25 20.10.2024. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!