Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

SAXAL razvedka boshlig‘i Aaron Xaliva: Razvedkadagi muvaffaqiyatsizliklar uchun men javobgarman

A A A
SAXAL razvedka boshlig‘i Aaron Xaliva: Razvedkadagi muvaffaqiyatsizliklar uchun men javobgarman

SAXAL Bosh shtab Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Aaron Haliva Isroil uchun kutilmagan 7 oktyabr kungi HAMASning keng ko‘lamli hujum uyushtirishiga sabab bo‘lgan razvedkadagi muvaffaqiyatsizliklarni o‘z bo‘yniga oldi.

"Mening qo‘mondonligimdagi Harbiy razvedka boshqarmasi HAMAS tomonidan amalga oshirilgan terakt haqida ogohlantira olmadi", — deb yozadi Aaron Xaliva harbiylarga yo‘llagan va Isroil OAVlari tomonidan chop etilgan maktubida.

"Biz eng muhim vazifamizni bajara olmadik va Mudofaa razvedka boshqarmasi rahbari sifatida men muvaffaqiyatsizlik uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman" — deya ta’kidladi Xaliva.

U shuningdek, "chuqur va keng qamrovli" tergov olib borilishini, ammo endi SAXALning yagona vazifasi "javob qilish va g‘alaba qozonish" ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 07:42 18.10.2023. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!