Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

SAXAL HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumi bo‘yicha tergov natijalarini e’lon qildi

SAXAL HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumi bo‘yicha tergov natijalarini e’lon qildi

Isroil Mudofaa Armiyasining janubiy diviziyasi tor-mor qilingan dastlabki olti soat ichida tinch aholining aksariyat qismi o‘ldirilgan.

Hisobotga ko‘ra, HAMASning hujumi kutilmagan bo‘lib, razvedka bu haqda oldindan ogohlantirmagan. Bosqin hech qachon real tahdid sifatida ko‘rilmagan va SAXAL to‘satdan hujum ssenariysini hisobga olmagan.

Shuningdek, SAXAL HAMAS jangchilarining soni, ularning harakatchanligi va hujum qilingan hududlar miqdori borasida ham ma’lumotsiz qolgan. Bundan tashqari, voqea sodir bo‘lgan hududda Isroil harbiylari soni HAMAS jangchilari sonidan ancha kam bo‘lgan, hujumda jami besh mingdan ortiq odam qatnashgan.

Kiritildi: 19:25 28.02.2025. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!