Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

SAXAL G‘azo sektorida harbiylar besh yashar Hind Rajab va uning oila a’zolari bo‘lgan avtomobilni o‘qqa tutganini tan oldi

SAXAL G‘azo sektorida harbiylar besh yashar Hind Rajab va uning oila a’zolari bo‘lgan avtomobilni o‘qqa tutganini tan oldi
Hodisa 2024 yilning yanvarida Isroil Mudofaa armiyasi tomonidan sodir etilgan va bu jinoyat rasman tan olindi, deb yozmoqdaThe Guardian. Qizcha va uning oila a’zolarining o‘ldirilishi xalqaro hamjamiyatda kuchli g‘azab va norozilik uyg‘otgan. Mashina o‘qqa tutilganidan so‘ng jarohatlangan bola uch soat davomida Qizil Yarim Oy jamiyatining dispetcherlik xizmati bilan aloqada bo‘lib, uni qutqarishlarini so‘rab yolvorgan. Hindni hodisa joyidan olib chiqishga urinish chog‘ida ikki nafar falastinlik tibbiyot xodimi o‘ldirilgan, qizchaning jasadi esa 12 kundan keyin topilgan. Isroil harbiylari Hind va uning oilasi o‘limiga aloqadorligini bir necha bor rad etgan, biroq o‘tkazilgan mustaqil surishtiruvlar qizchaning o‘limi SAXAL tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida yuz berganini tasdiqladi. Isroil hukumati qotillik fakti bo‘yicha tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Kiritildi: 13:32 21.08.2026. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!